Samarqand davlat universiteti: ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olinmoqda

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig’i Husniddin Nizomov va raqamli texnologiyalar fakulteti tyutorlari Gulrabo Bekpo'latova, Xurshid Muhammadiyev, Ozoda Normurotova Samarqand shahridagi Qobil Ashurov ko’chasida yashovchi talabalar holidan xabar oldi. Ularning yashash sharoitlari o’rganildi. Texnika xavfsizligi bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.