Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiya fakulteti talabasi Nilufar Omonova Buxoroda o‘tkazilayotgan “Uzbekistan international poverty reduction” xalqaro forumida spiker sifatida ishtirok etmoqda...

Mazkur forum O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Chjan Min, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bosh kotibi Usha Rao-Monari, AQSh kambag‘allik va inson taraqqiyoti dasturi direktori Sabina Alkayr, Jahon bankining ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Marina Novikova kabi nufuzli xalqaro siyosatchilar, kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy taraqqiyot sohasida katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar ishtirok etishi belgilangan.
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.