Anjumanni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisining siyosiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Zokir Zoitov kirish so’z bilan ochdi.

    Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Xurshid Ochilov bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo’shishini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

    Konferensiya so’z olgan ishtirokchilar Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishida tutgan o’rni, tarixiy rivojlanish evolyutsiyasi kabi bir qator mavzularda ma’ruza qildilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.