Nasiba Ro‘zieva: “Bugun Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida ham Universitet kunini keng nishonlamoqdamiz”

21-sentabr Samarqand davlat universitetida tarixiy kun. Ilk marotaba nishonlanayotgan Universitet kunini kutib olish biz o‘qituvchilarga alohida ruh bag‘ishlaydi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida bo‘layotgan islohotlar, ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab quvvatlashlari va Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tashabbuslari bilan Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etilganligi buning samarasidir, deb bilaman.
Bugun Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida ham Universitet kunini keng nishonlamoqdamiz. Boy tarixga ega bo‘lgan Samarqand davlat universiteti yanada gullab-yashnayverishi uchun biz qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Ilk marotaba nishonlanayotgan Universitet kuni barcha ilm ahliga muborak bo‘lsin!
Nasiba Ro‘zieva,
Samarqand davlat universiteti
Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchisi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

