Samarqand davlat universiteti talabasi og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston kubogida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi
Poytaxtimizda ayni kunlarda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san'at fakulteti talabasi Og'abek Nafasov ham 55 kg vazn toifasida ishtirok etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, ushbu musobaqada universitetimiz talabalari Og‘abek To'xtayev, Xojiakbar Olimov, Sharofiddin Amriddinov hamda Azimjon Xojiyevlar ishtirok etmoqda. Talabalarimizga omad va zafarlar tilaymiz.

