Hurmatli Muslihiddin Qutbiddinovich! 

    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman.  Uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 
    Siz bugun nafaqat Samarqand adabiy jamoatchiligini,  balki butun mamlakatimiz ziyolilarining darg‘asi, zabardast vakili sifatida izzat va ehtiromga loyiqsiz. 
    Jonajon universitetimiz professor- o‘qituvchilari duogo‘yimiz, maslahatchimiz, kayvonimiz sifatida     Siz bilan faxrlanadi. 
    Yuz yoshlarga kirib yuring. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin...

Rustam Xolmurodov, 
Samarqand davlat universiteti rektori, 
professor, Senator.