Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabasi Egamberdi Iskandarov Respublika fan olimpiadasining geografiya yo‘nalishida respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ayni paytda u navbatdagi bosqichga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Respublika “Yosh olimlar kengashi” a’zosi Egamberdi Iskandarovning 10 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida chop etilgan. Shuningdek, o‘tgan yili “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostidagi Samarqand yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Samarqand yoshlar forum”ining faol ishtirokchisi. Joriy yilda tashkil etilgan “Samarqand kitobxonlari” loyihasi g‘olibi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.