Samarqand davlat universiteti talabasi Isroil Norboyev kurash bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Isroil Norboyev bundan 15 kun avval Dubayda bo'lib o'tgan Musulmon davlatlari chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.