Samarqand davlat universiteti va Finlyandiya oliy ta’lim muassasalari hamkorligi
Finlyandiya rektorlar kengashi raisining o‘rinbosari Petri Rayvo boshchiligidagi delegasiya a’zolari Samarqandning markazi - Registon maydoni va Mirzo Ulug‘bek madrasasida bo‘ldi.
Mehmonlarga Mirzo Ulug‘bek madrasasining faoliyati, Registon maydonining barpo etilish tarixi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.






