Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti professori Shodi Xoliqulovning tug‘ilgan kuni.
Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri, professor Shodi Xoliqulov 1948-yil Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. 74 yoshni qarshi olgan olim 53 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

