Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti professori Yevgeniy Malinovskiyning tug‘ilgan kuni.
Fakultetlararo rus tili kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Yevgeniy Malinovskiy 1938-yil Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan. 84 yoshni qarshi olgan olim 61 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi