Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi professori Zafar Ismoilov hamda qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti Baxran Shermatovning tug‘ilgan kuni.
Zafar Ismoilov 1955-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Baxran Shermatov 1959-yil Pastdarg’om tumanida tug‘ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 41 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.



Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

