Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Qozon federal universiteti yuridik fakulteti dekani Liliya Bakulina boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

         Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov, yuridik fakulteti dekani Rahmatulla Mirzayev bilan o’tkazilgan uchrashuvda hamkorlikda turli ilmiy tadqiqotlar tashkil etish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish kabi masalalar muhokama etildi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan surat.