Bugun Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti Ziyodullo Malikovning tug‘ilgan kuni.

    Ziyodullo Malikov 1957-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olim 42 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi