G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tavsiya etadi:

Tursunoy Sodiqova - Dildagi dur
Isteʼdodli shoira, maʼnaviyatimizning hassos targ‘ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning «Dildagi dur» risolasida sakson hadis talqini berilgan. Zero, muallif bundan oldinroq qirq hadis talqiniga bag‘ishlangan «Rizolik istab» nomli risolasini ham o‘quvchilariga taqdim etgandi. ko‘rinib turibdiki ijodkor tinim bilmay izlanishda.
Muallifdan: dil poklanmaguncha insonning tili, qo‘li, yo‘li poklanmaydi. Odamzodni ming ko‘yga soladigan, umriga ming bir fasl olib kiradigan bu ko‘ngildir, bu ko‘ngil! Ko‘ngilda goh iymon chaqiriqlari jaranglab, gohida esa shayton vasvasalari junbish uradi. Hamma gap yaxshisidan yomonini ajrata bilishda...
Kitob qattiq muqova, 271 bet.
Murojaat uchun telefon: (93) 791-00-70, (90)918-87-86.