Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san'at fakulteti o‘qituvchisi Olga Andrievskayaning tug‘ilgan kuni.
Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi Olga Andrievskaya 1963-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Olima 41 yildan buyon bir qator tashkilotlarda va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

