Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talaba yoshlar o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha musoboqa bo‘lib o‘tdi. Turnir yuqori kayfiyatda, ko’tarinki ruhda o‘tkazildi.

    Yakuniy natijalarga ko’ra yigitlar o‘rtasida:

    I o‘rinni sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Bahodir Umarov;

    II o‘rinni sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Aziz Raupov;

    III o‘rinni xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabasi Sardor Qurbonboyev qo’lga kiritdi.

    Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi yuqori o’rinlarni sport faoliyati va san’at fakulteti talabalari:

    I o‘rin Marjona Avazova;

    II o‘rin Sevara Baxtiyorova;

    III o‘rin Sarvinoz Amriddinovaga nasib etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat Akramov olgan suratlar.