Samarqand davlat universiteti faxriy professor-o‘qituvchilari holidan xabar olindi
Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova boshchiligida universitetimizning faxriy o‘qituvchilari, taniqli olim va mohir pedagog Ne’mat Toshkenboyev, Qudrat Aymatovlar holidan xabar olindi.
Shahzoda Negmatova nuroniylarimizga Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning bayram tabrigi, sovg‘asi yetkazildi. Shahzoda Negmatova faxriy o‘qituvchilarimizga uzoq-umr, sihat-salomatlik tiladi. Ne’mat Toshkenboyev, Qudrat Aymatov yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, farovonlik bo‘lishini tilab duo qildilar.
Shuningdek, biologiya fakulteti dekani, professor Xudoyor Keldiyorov jonkuyar ustozlar Jo‘raqul Xo‘jayev, Najmiddin Hakimovlar holidan xabar oldi. Ular bilan samimiy suhbatlashib, Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.






Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

