Navro'z bayrami qachon vujudga kelgan?

Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqidagi manbalar shuni ko‘rsatadiki, u bundan 25-30 asr muqaddam vujudga kelgan. Navro‘z qachon qanday vujudga kelganidan qat’iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul qilingan.
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalari ham Navro‘z bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlamoqda. Ayni paytda ular Navro‘zning vujudga kelish tarixi, xalqimizning qadimiy hamda noyob urf-odatlari to‘g‘risida fikr almashmoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati