Bugun Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan soat 11:00 dan boshlab Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” (shu nomdagi ko‘cha) istirohat bog‘ida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etiladi.

    Shuningdek, “Mo‘jiza” amfiteatri, “Qorasuv” massivi hamda Kimyogarlar (Nurafshon madaniyat saroyi) va So‘lim qo‘rg‘onida ham tadbirlar davom etadi.

    Bayram tadbiriga barchani taklif qilamiz!