Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Vahob Shukurov va A’zamqul Eshbekovlarning tug‘ilgan kuni.

    Algebra va geometriya kafedrasi dotsenti Vahob Shukurov 1940-yil Paxtachi tumanida tug‘ilgan.  82 yoshni qarshi olgan olim 52 yildan buyon bir qator oliy o‘quv yurtlari va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti A’zamqul Eshbekov 1958-yil G’allaorol tumanida tug’ilgan. 64 yoshni qarshi olgan olim 42 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi