Bugun Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi dotsenti G'ulomxon Murodov, botanika kafedrasi dotsenti Zebiniso Umurzoqova, fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o’qituvchisi Nasibaxon To'ychiyevaning  tug’ilgan kuni.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G'ulomxon Murodov 1952-yil Oqdaryo tumanida tug‘ilgan.  70 yoshni qarshi olgan fizik olim 48 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Zebiniso Umurzoqova 1959-yil G'allaorol tumanida tug’ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olima 40 yildan buyon buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Filologiya fakulteti katta o’qituvchisi Nasibaxon To’ychiyeva 1967-yili Qirg’iziston Respublikasining O’sh viloyatida tug’ilgan.   55 yoshni qarshi olgan olima 23 yildan buyon bir qator maktab va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi