Ayrim kishilar biron-bir gurungdan qaytayotib o‘tirishga tuymadim-da deb qo‘yadi. Demak, bu odam quvnoq do‘stlar davrasida yayrab hordiq chiqargan, uyiga ko‘ngli yashnab qaytmoqda.

    Hajv janrida bitilgan kitobni o‘qigan kishida ham xuddi shunday xush kayfiyat paydo bo‘ladi. Kitobga to‘ymay, yana davomi bo‘lsaydi deb o‘ylaydi

    Keyingi paytlarda adabiyotimizda hangoma janri alohida bo‘y ko‘rsatib bormoqda. Bahriddin Zayniddinovning mazkur to‘plami ham shu janr asosida tuzilgan.

    To‘plam muallif hayotda o‘zi ko‘rib-eshitgan quvnoq hodisalar bayonidan iborat. Ularni o‘qib qishloq odamlariga xos topag'onlik, hozirjavoblikdan zavqlanasiz.

 

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon

    Rassom: Mahmud Eshonqulov

    Muqova: Yumshoq, 112 bet

    Nashriyot: «Akademnashr»

    Narxi: 15 000 so‘m

    O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi 60

    Tel: +99899 8910324 / +99871 2300050

    Telegram orqali xarid: t.me/bookuzbek