Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha Rektor va talabalar uchrashuvi boshlandi
Tadbir rasmiyatchilikdan holi, samimiy tarzda o‘tmoqda. Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov talabalarning bilim olishiga hamohang tarzda, ularning ishlashiga ham barcha imkoniyatlar yaratilishini ta’kidladi.
Talabalarning ish topishida turli sarsongarchiliklarning oldini olish, ularni ish bilan band qilish maqsadida universitetda Talabalar bandligini ta’minlash markazi tashkil etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

