Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov mehmonlarni Samarqandga tashrifi bilan samimiy qutladi.

    Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda qadim Samarqanddan Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Mirzo Ulug‘bek kabi yetuk olimlar yetishib chiqqanini alohida e’tirof etdi. Samarqand davlat universiteti bugun zamonaviy kadrlarni tayyorlashda Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli ikki qardosh xalqning munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Shuningdek, Tojikistonning oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.