Hamma narsadan to‘yib ketdim... Tanish gap...

    Bu so‘zlarni har-bir inson hayotida biron qiyinchilik, to‘siqlarga ro‘para kelganda beixtiyor aytib yuborishadi...

    Hayotida nimalar bo‘layotgani  faqat o‘zlarigagina ayon, do‘stim...

    Tushunaman...Kimdadir ko‘ngil og‘rig‘i. Kimda moddiy muhtojlik. Kimda qashshoqlik.

    Kimdadir esa vijdon azobi...

    Oxiri to‘yib ketdim, degan so‘zni aytishga majbur bo‘lib qolamiz...

    Do‘stim...To‘xtang, bir dam! To‘g‘ri, men sizni o‘rningizda bo‘la olmayman. Ehtimol, sizni holatingizni tushuna olmasman...

    Lekin, lekin, siz o‘zingizni boshqalarning o‘rniga qo‘yib ko‘rganmisiz?  Sizdan ham holi tang bo‘lgan insonlar bor....

    Ko‘zingizni yuming...

    Bir-oz ochmay turing... Menga aytingchi? Siz yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rayapsiz?  Javobni hamma biladi... Zulmatni!  Qorong‘ilikni!

    Dilingizda shukronalik uyg‘ondi, do‘stim, shu yorug‘ olamni ko‘rayotganingiz uchun, yashayotganingiz uchun...

    Yaxshi...Darhol ko‘zlaringizni ochdingiz...

    Yorug‘likka, go‘zallikka mehr bilan qaradingiz...

    Bir zumdayoq sog‘inganingiz shu tiriklikka nima yetsin... Ko‘rdingizmi, Tiriklik - buyuk neʼmat ekan!

    Shuni biling-ki, bu dunyoda hamma narsa o‘tib ketadi.

    Bu siyqasi chiqqan gap dedingizmi?

    Albatta, dunyoda eng haqqoniy gaplar ko‘p aytilar ekan, eslanar ekan...

    Amali ham shunga yarasha bo‘lishi kerak...

    Demak, o‘tkinchi Dunyo ekan, Baxt ham, Qayg‘u-Kulfatlar ham o‘tib ketadi...

    Bugun qiynalgan bo‘lsangiz, ertaga rohatini topasiz! Sabr qiling...chunki Alloh eng birinchi bizlarga sabr qilishni o‘rgatgan...

    Sabr qilsangiz albatta ajrini olasiz! Bir marta chuqur nafas olingda... hammasi o‘tib ketadi deb o‘zingizni ishontiring…

    Siz uchun shirin hayot hali oldinda...Biling-ki, Siz eng Baxtli va Omadli insonsiz!

 

Muxtasam Sulaymonov

Samarqand davlat universiteti

psixologiya va ijtimoiy munosbatlar fakulteti o‘qituvchisi