Sen bahorni sog'inmadingmi?
Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi nishonlandi. Tadbir yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.
Tadbirni dotsent Rohila Suvonova kirish so’z bilan ochdi. Tyutorlar Nurali Hamidov, Dilfuza Faxriddinova va Mahliyo Hamidullayevalar talabalarni bahor faslining kirib kelayotganligi va shoira ijodining 107 yilligi bilan muborakbod etdi.
Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar ishtirokchilarga o’zgacha ruhiyat baxsh etdi.






Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

