Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti professori Jo‘raboy Yaxshilikovning tug‘ilgan kuni.
Jo‘raboy Yaxshilikov 1953-yil Bulung‘ur tumanida tavallud topgan. 69 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi qutlug‘ kun munosabati bilan universitet jamoasi falsafa kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor Jo‘raboy Yaxshilikovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi.

