Samarqand davlat universiteti 8-sonli talabalar turar joyida “Yoshlar kechasi” o‘tkazildi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 8-sonli yotoqxonasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoshlar kechasi” nomli ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev kirish so‘zi bilan ochdi.
Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti talabalasi Charos Xayriddinovaning aytishicha, talabalar ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday ijodiy tadbirlar esa ularning madaniy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi...



Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

