80 yillar o‘rtasigacha Mo‘ynoq Markaziy Osiyodagi eng yirik baliqchilar shaharlaridan biri edi. Mo‘ynoq yaqin o‘tmishda dunyodagi eng katta ko‘l bo‘lgan Orol dengizi qirg‘oqlari bo‘yida yastanib yotardi. Shahar aholisining hayoti ham, noni ham shu dengiz bilan bog‘liq bo‘lgan.

         Hozir esa shahar va chekingan dengiz o‘rtasida 100 kilometr masofa bor. Katta kemalar to‘xtaydigan portlar o‘rnida “Orolqum” sahrosi hosil bo‘lgan.

         Dengiz qisqargach, bu yerdan ham odam soni kamaya boshladi. Umidsizlikka tushgan, salomatligi, tirikchiligida katta yo‘qotishlar bo‘lgan aholi shahardan ko‘chib keta boshladi.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikaning eng og‘ir nutqasiga butun mamlakat kuchini safarbar qilishni boshladi. Hamma ijtimoiy obyektlar qayta tiklandi, katta-kichik korxonalar ochila boshlandi. Uzoq-yaqinga ketgan oilalarning ayrimlari ortga qaytdi. Vikipediyada yozishilicha, 2018 yilda mo‘ynoqliklar soni 13.500 kishi bo‘lsa, bugun 30 mingdan oshgan.

 

Manba – https://t.me/qurbonova_a/5191