Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Axtam Nizomovning tug’ilgan kuni.
Axtam Nizomov1959-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan ziyodroq vaqt mobaydida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat universiteti turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi dotsent Axtam Nizomovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

