Ajabtovur maʼlumotlar
- Inson tush ko‘rayotganda, televizor ko‘rayotgan paytidagidan ko‘ra ko‘proq quvvat sarf etar ekan.
- Insonning qovurg‘a suyaklari bir yil davomida 5 million harakatni amalga oshiradi.
- Inson ko‘zi ochiq holda aksira olmaydi.
- Chekuvchi kishilarda rang ajratish qobiliyati pasayib ketadi.
- Chekuvchi kishilarning tanasida chekmaydiganlarga nisbatan 10 barobar ko‘p ajin bo‘lar ekan.
- Uyat va xijolatdan yuzingiz qizargan paytda oshqozoningiz ham qip-qizil tusga kiradi.
- Shaharda yashaydigan odam butun umri davomida o‘rtacha ikki xaftani svetofor chirog‘i yonishini kutib o‘tkazadi.
- Insonning bir dona soch tolasi 3 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi.
- Inson 40 yoshdan keyin “pastga o‘sish”ni boshlab, har o‘n yilda bo‘yi 10 santimetrga qisqarib boradi.
- Har soniyada dunyo aholisining 1 foizi mast holda vafot etar ekan.
- O‘rtacha vazndagi insonning boshi 3,6 kilogrammni tashkil etar ekan.
- Inson suvsiz 2-3 kundan ortiq yashay olmaydi.
- Insonning yuragi umri davomida o‘rtacha 250 million litr qonni filtirlaydi.
- Inson butun umri davomida ikkita katta hovuzni to‘ldirishga yetadigan so‘lak ishlab chiqarar ekan.
- O‘rta yoshli insonning tanasi 639 ta muskuldan iborat ekan.
- Oddiy insonning ko‘zi 160 xil rangni ajrata olar ekan.
- Vazni 65 kg bo‘lgan inson tanasida bitta mix yasashga yetadigan temir moddasi bor ekan.
- Inson ko‘zlarining qorong‘u sharoitga to‘la moslashishi 60-80 daqiqa davom etadi.
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi

