Bugun Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi dotsenti Ural Jo’rayevning tug‘ilgan kuni.

Ural Jo’rayev 1946-yil Qarshi shahrida tavallud topgan. 76 yoshni qarshi olgan olim 53 yildan buyon Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida  turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

         Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ural Jo’rayevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi