Bugun Samarqand davlat universiteti professori Ne’mat Nizomovning tug’ilgan kuni.

        Ne’mat Nizomov 1940-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 82 yoshni qarshi olgan fizik olim 53 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

        Ne’mat Nizomov Molekulyar lyuminisensiya ilmiy maktabi asoschisi. “Ixtirochi” (1986-yil), “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” ko’krak nishonlari (2010-yil), “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni (2011-yil) bilan taqdirlangan.

        Bugungi qutlug’ kun munosabati bilan universitet jamoasi professor Ne’mat Nizomovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi.