Ayol ixtirochilar

Avtomobil oyna tozalagichlari Nyu-Yorklik Meri Anderson tomonidan ixtiro qilingan. Qish kunlarining birida Meri mashinada ketarkan, haydovchining tez-tez derazani ochib oynani qo‘lda artayotganiga ko‘zi tushadi. Sovuq havoda tez-tez oynani ochish avtomobilda uzoq yo‘lga chiqqanlar uchun noqulaylik tug‘dirardi. Meri buni vaqtida anglaydi va mashina oynasini tozalaydigan, o‘zi harakatlanadigan rezina kurakchalarni yaratadi. Biroq, dastlab avtomobil kompaniyalari Merining kashfiyotini yoqlashmaydi. Oyna tozalagichlarning harakati haydovchini chalg‘itadi, bu esa yo‘l xavfsizligiga putur yetkazadi deb hisoblashadi. Ammo tez orada ixtiro barcha avtomobillarning ajralmas qismiga aylanadi.
Iroda Bekmurodova tayyorladi