Mol-mulk solig‘ini to‘lashda kimlar imtiyozga ega?

Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi https://lex.uz/docs/4674902
▪️ «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
▪️ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
▪️ sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini
bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);
▪️ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
➖ o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining;
➖pensionerlarning;
➖I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning.