Samarqand davlat universiteti bakalavr va magistr talabalari uchun "Ilmiy maqolalar tanlovi" e'lon qilindi
Tanlovga maqolalar 2 yo'nalishda qabul qilinadi:
1️. Tabiiy va aniq fanlar;
2️. Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishi.
Materiallar 2022-yilning 10-fevraliga qadar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/SFBFBB7YHhaXbHMr5
Tanlovda har bir yo'nalishda eng yaxshi deb topilgan 3 ta maqola egasi g'olib deb topiladi.
Har bir yo'nalishda g'olib bo'lgan maqola mualliflari 1 millon soʻm miqdorida pul mablag'i bilan taqdirlanadi.
Tanlov g'oliblarining maqolalari "SamDU Ilmiy axborotnomasi" jurnalida chop qilinadi.
Tanlovda ishtirok etadigan maqolalar uchun qo'yiladigan talablar ushbu faylda tanishishingiz mumkin.

