“Yaxshilikdan oldin yaxshilik qilish — fazilat.

Yaxshilikdan keyin yaxshilik qilish — mukofotlash.

Yomonlikdan keyin yaxshilik qilish — olijanoblik.

Yomonlikdan oldin yomonlik qilish — jabr-zulm, nohaqlik.

Yomonlikdan keyin yomonlik qilish — tenglashish.    

Yaxshilikdan keyin yomonlik qilish tubanlik va badbaxtlikdir”.

 

Abul-Lays Samarqandiyning “Bo‘ston ul-orifin” asaridan.