Bugun Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti dekani, dotsent Haydar Ro’zimurodovning tug’ilgan kuni. Haydar Ro‘zimurodov 1961-yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.

         Oltmish bir yoshni qarshi olgan dotsent Haydar Ro’zimurodov 40 yildan buyon Samarqand davlat univesiteti uchun beminnat xizmat qilib kelmoqda. Shu kunga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan olimning bir qator darslik va qo’llanmalari matematika fanining rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.

         Universitet jamoasi bugungi qutlug‘ kun sohibini samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, tinchlik va xotirjamlik tilaydi!

 

Samarqand davlat universiteti

faxriylar kengashi