- Keksalarni uzoq umr ko‘rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

- Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko‘rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir.

- Sartaroshni suvoqchi qilib qo‘ysangiz, devorga sovun ko‘pigi surtadi. Etikdo‘zni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi...

- Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasa shuning o‘zi baxt!

 - Dunyoda mehrdan arzon narsa yo‘q. Bir og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehr kimni o‘ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz..

- Mushuk o‘zi itdan qochib daraxtga chiqadi-yu, yana daraxtdagi qushlarga dag‘-dag‘a qiladi...

- Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

- Daraxt bir joyda ko‘karadi, deyishadi. To‘ppa-to‘g‘ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!

 

O‘tkir Hoshimov