Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti dotsenti Anzurat Xolxo‘jayevaning tavallud topgan kuni.
Anzurat Xolxo‘jayeva 1965-yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 1992-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat universiteti tojik filologiyasi yo‘nalishida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Universitet jamoasi bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan Anzurat Xolxo‘jayevani muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
faxriylar kengashi

