Markaziy Osiyoning umumiy maydoni - 4 mln. kv. km. Bu degani Hindistondan bir oz katta, Avstraliya maydoniga nisbatan kichik.

O‘zbekiston

    Mamlakatimiz hududi - 447 ming 400 kv. km. Finlandiyadan (338 ming 178 kv. km.) katta, lekin Tailandan (514 ming kv. km.) kichik.

    Bu yerga ikkita Buyuk Britaniya, beshta Avstriya yoki o‘n uchta Moldaviya sig‘ishi mumkin. 

Qozog‘iston

    Maydoni - 2 mln 724 ming 902 kv. km. Jazoir maydonidan (2 mln 381 ming 740 kv. km.) bir necha bor katta, lekin Argentina hududidan (2 mln 780 ming 400 kv. km.) kichik.

    Qozog‘iston maydoni jihatidan dunyoda sakkizinchi o‘rinda. Unga uchta Turkiya, beshta Fransiya yoki o‘n sakkizta Bangladesh maydoni to‘g‘ri keladi.

Turkmaniston

    Maydoni kattaligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi davlat - 488 ming 100 kv. km. Shvetsiyadan katta (449 ming 961 kv. km), lekin Ispaniyadan — 561 ming. 782 kv. km. kichik

    Turkmaniston hududiga ikkita Belarus, yettita Irlandiya yoki yigirma to‘rtta Sloveniya to‘g‘ri keladi.

Qirg‘iziston

    Qirg‘iziston hududda maydoni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi - 198 ming 500 kv. km. Bu Bangladesh maydonidan katta (144 ming 500 kv. km), lekin Belarusdan kichik (207 ming 600 kv.km). 
    Qirg‘iziston maydoniga ikkita Vengriya, to‘rtta Litva yoki oltita Isroil to‘g‘ri keladi.

Tojikiston

    Hududdagi eng kichik davlat - 143 ming 100 kv. km. Maydonining 93% tog‘lardan iborat. Tojikiston Islandiyadan (103 ming 125 kv. km.) katta, lekin Tunisdan kichik (163 ming 610 kv. km.). 

    Tojikiston hududiga ikkita Kosta-Rika, beshta Armaniston yoki o‘n beshta Kipr to‘g‘ri keladi.

Odil Muhammedov

Samarqand davlat universiteti

Ijtimoiy iqtisodiy geografiya kafedrasi dotsenti