Qishki taʼtilni talabalar turar joyida o‘tkazayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilmoqda
Samarqand davlat universiteti yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Zayniddin Qurbonov tyutorlar hamrohligida qishki taʼtilni yotoqxonada o‘tkazayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ular bilan samimiy muloqot qildi.
Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun o‘tkazilayotgan onlayn tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

