“El-yurt umidi” jamg‘armasi eng ustuvor sohalar uchun 420 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

    Jumladan, 2022-2023-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

    - bakalavriat ta’lim dasturi uchun  — 120 ta,

    - magistratura ta’lim dasturi uchun — 180 ta,

    - doktorantura ta’lim dasturi uchun — 120  ta stipendiya ajratishini ma’lum qiladi.

    Barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar uchun ham kamida 20 ta o‘rin ajratilib, ularga ham alohida e’tibor qaratiladi.

    Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida elektron tarzda qabul qilinadi.

    Saralash bosqichlari 2022 yil 10 fevraldan 10 martga qadar davom etadi.

    Batafsil - https://eyuf.uz/site/view?id=630