- Varrak shamol bilan birga emas, unga qarshi uchib samoga ko‘tariladi.

- Buyuklikning qadr-qimmati mas’uliyat bilan o‘lchanadi.

- Barchamiz aytilmagan so‘zlarning sohibi, og‘zimizdan chiqqan so‘zlarning qulimiz.

- Hayotimdagi eng yorqin yutug‘im turmush o‘rtog‘imni menga turmushga chiqishga ko‘ndira olganimdir.

- Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

- O‘rnidan turish va so‘zlash jasorat, shu bilan birga o‘tirib, tinglash ham jasoratdir.

- O‘zgarish yuksalish degani. Takomillashish uchun esa tez-tez o‘zgarish kerak.

- Xulq-atvor katta masalalarni hal qiluvchi kichkina omil.

- Kuch yoki aql emas, sa’y-harakatda qat’iy bo‘lish inson salohiyatini namoyon qiladi.

- Tarixni g‘oliblar yozadi.

 

Uinston Cherchill