Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo’yicha yangi va eng yosh jahon chempioni
MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda Prezidentimiz va butun delegatsiya tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib bordi. Davlatimiz rahbari shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llamoqda hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

