Qo‘lida portfeli bor yurist yuzlab qurollangan bosqinchilardan ko‘ra kuchliroqdir;

         Dushmanlarni yomon ko‘rish kerak emas, hissiyotlar o‘ylashga xalaqit beradi;

         Men unga rad qilib bo‘lmas taklif beraman (Men unga shunday taklif berayki, uni rad qilishning iloji bo‘lmasin);

         Qasos – sovuq holda tortiladigan taom;

         Shaxsiy hech narsa yo‘q, shunchaki biznes;

         Eng yaxshisi do‘sting kuchingga yetarlicha baho bermaganida va dushmaning kamchiliklaringni bo‘rttirib ko‘rishida;

         Do‘stlarni yoningda saqla, dushmanlaringni esa yanam yaqinroq;

         O‘z farzandlari uchun vaqt topa olmaydigan ota haqiqiy erkak degan nomga loyiq emas.

        

         Mario Pyuzoning “Cho’qintirgan ota” romanidan olindi.

 

        Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati sizga taniqli jahon adabiyoti namoyandasi Mario Pyuzoning ushbu romanini o’qishni tavsiya qiladi. Agar sizda badiiy asarlar yuzasidan turli fikr va g’oyalar bo’ladigan  bo’lsa http://t.me/SamDU_jamoasi_bot/ ga yo’llashingiz mumkin.