Endi sizda 300 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda kitoblarni 12 oylik muddatli to‘lovga xarid qilish imkoni bor.

    Jarayon haqida ko‘plab savollar takrorlanayotganligi uchun ma’lum bir ma’lumotlarni berib o‘tmoqchimiz.

    Muddatli to‘lovga xarid qilish uchun sizdan pasport va o‘z nomingizda plastik karta talab qilinadi. Xarid qilish uchun onlayn ariza qoldirasiz. Sizning ma’lumotlaringiz skoring qilingandan so‘ng, sizga muddatli to‘lov ajratilganligi yoki yo‘qligi haqida xabar beriladi.

    Agar daromadlaringiz asosli bo‘lsa, sizga tizim ruxsat bersa, unda buyurtma omborga uzatiladi. Ombor sizning mahsulotingizni tayyorlab, shartnoma bilan yetkazib berish xizmati orqali O‘zbekistonning xohlagan hududiga jo‘natadi. Mahsulot shartnoma bilan borganda, uni ariza qoldirgan insonning shaxsan o‘zi qo‘lida pasporti bilan qabul qilishi, mahsulot bilan rasmga tushishga rozilik berishi, shuningdek shartnomani imzolashi juda muhim.

    To‘lov 12 oy davomida oyma-oy kartangizdan yechib boriladi yoki siz oldindan to‘lab shartnomani yopishingiz mumkin. Muddatli to‘lov jarayoniga bank puli aralashmagan, xizmat to‘liq qadriyatlarga mos tarzda shakllantirilgan. Ushbu shartlar kitoblardan tashqari www.asaxiy.uz orqali sotuvga qo‘yilgan Samsung smartfonlari va boshqa brendlarning gadjetlariga ham amal qiladi.

    Umid qilamizki, bu xizmat mijozlarimizga yaratilgan qo‘shimcha qulaylikdir va shu sabab kimlardir kitob o‘qisa bundan faqat xursand bo‘lamiz.

    Manbaa: @asaxiybooks