Talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo‘l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25 dekabrdan e’tiboran qo‘llanishi belgilandi.

    Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

    Shu munosabat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi.

 

    Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazishingizni tilab qolamiz!