Matematika fani olimpiadasi g‘oliblari munosib taqdirlandi
Samarqand davlat universiteti hamda O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand bo‘linmasi bilan hamkorlikda matematika fanidan universitet olimpiadasi o‘tkazildi.
Olimpiada 2 bosqichda bo‘lib, birinchi bosqich test, ikkinchi bosqich yozma shaklda bo‘ldi. Unda jami 150 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni matematika fakulteti 3 bosqich talabasi Hilola Omonqulova, 2-o‘rinni Abdulaziz Komilov, Bobomurod Abdurahmonov, 3-o‘rinni esa Gulruh Ismatullayeva, Go‘zal Boboxonova, Iftixor Yangiboyevlar egalladi.
Talabalarga Sertifikat va pul mukofotlarini Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov, O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand bo‘linmasi direktori Ahmadjon Xolxo‘jayev, matematika fakulteti dekani Haydar Ro‘zimurodovlar tantanali ravishda topshirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

